Bloger yo'riqnomasi
Mahsulotni reklama qilib, bepul olish uchun 8 qadam.
Tovarni bepul oling
O'zingizga mos mahsulotni tanlaysiz, kontent qilasiz — ba'zan ustiga qo'shimcha to'lov ham bo'ladi.
Ro'yxatdan o'ting
«Bloger bo'lish» orqali ro'yxatdan o'ting, so'ng ommaviy biznes Instagram havolasi, hudud va haqiqiy statistikangiz bilan profilni to'ldiring.
Tasdiqlanishni kuting
Admin profilingizni tekshiradi. «Tasdiqlangan» bo'lgach e'lonlarga ariza yubora olasiz.
Platformalaringizni qo'shing
«Platformalarim» → «Platforma qo'shish». Har bir biznes akkauntni ommaviy havolasi va alohida statistikasi bilan qo'shing.
Katalogdan e'lon toping
«Katalog» bo'limida faol e'lonlarni ko'ring. Kalit so'z, kategoriya yoki marketpleys bo'yicha qidiring.
Ariza yuboring
Talablarga mos e'longa ariza qoldiring. Sotuvchi profil va statistikangizni ko'rib qaror qiladi.
Bitim boshlanadi
Seller arizangizni qabul qilsa bitim ochiladi. Yetkazish turi va hozir kimning navbati ekanini bitim sahifasida ko'rasiz.
Bosqichlarni bajaring
Seller mahsulotni karta, olib ketish punkti yoki yetkazib berish orqali topshiradi → qabulni tasdiqlaysiz → otziv → kontent havolalari → seller yakunlaydi. Har amalni bajargach isbot yuklang.
Portfolio va reyting
Natijalaringizni «Portfolio»ga qo'shing — bu reytingingizni oshiradi va yangi takliflar keltiradi. Ko'rsatkichlarni «Statistika»da kuzating.
Batafsil yo'riqnoma
Har bir bo'lim bo'yicha to'liq tushuntirish. Kerakli mavzuni bosib oching.
1. Ro'yxatdan o'tish va tasdiqlanish
«Bloger bo'lish» tugmasini bosing. Ro'yxatdan o'tgach Profil sozlamalarida biznes Instagram havolasi, hudud, obunachi, o'rtacha qamrov, yo'nalish va statistika screenshotini to'liq kiriting.
Profil admin tekshiruviga tushadi. «Tasdiqlangan» bo'lgach e'lonlarga ariza yubora olasiz va sellerlarga ko'rinasiz. Tasdiqlanmaguningizcha ariza yuborib bo'lmaydi.
Username kiritganda «@» belgisini yozsangiz ham bo'ladi — tizim uni avtomatik olib tashlaydi.
2. Platformalarni qo'shish
«Platformalarim» → «Platforma qo'shish». Instagram, TikTok, Telegram kanal — har birini alohida qo'shing.
Har bir platforma uchun faqat ommaviy biznes username va havola, obunachi soni, o'rtacha qamrov hamda statistika screenshotini kiriting. Shaxsiy Telegram yoki telefon boshqa foydalanuvchiga ko'rsatilmaydi.
3. Katalog va ariza
«Katalog» bo'limida faol e'lonlarni ko'ring. Kalit so'z, kategoriya yoki marketpleys bo'yicha qidiring.
E'lon talablariga (minimal obunachi / qamrov) mos kelsangiz «Ariza yuborish» tugmasi orqali qisqa xabar bilan ariza qoldiring. Sotuvchi profilingizni ko'rib qaror qiladi.
Rad etilsa — xafa bo'lmang, boshqa e'lonlarga qayta ariza yuborishingiz mumkin. Arizalaringiz holatini «Arizalarim» bo'limida kuzating.
4. Sellerdan kelgan taklif
Ba'zida sellerlar sizni o'zlari tanlab taklif yuboradi. Bunday takliflar «Arizalarim» bo'limida «Sellerdan taklif» belgisi bilan ko'rinadi.
E'lonni ko'rib chiqing va «Qabul qilish» yoki «Rad etish» qiling. Qabul qilsangiz bitim darhol boshlanadi.
5. Bitim bosqichlari
Bitim ochilgach mahsulotni topshirish turi tanlanadi. Karta usulida oldindan saqlagan faol kartangiz ishlatiladi; olib ketish yoki yetkazib berishda kerakli manzilni bitim ichida berasiz. Keyin jarayon quyidagicha davom etadi:
- Seller mahsulot puli, jo'natma yoki olib ketish ma'lumotini isbot bilan beradi
- Siz mahsulotni olganingizni rasm bilan tasdiqlaysiz
- Sharh (otziv) qoldirasiz yoki ixtiyoriy bosqichni o'tkazasiz
- So'ralgan Stories, Post yoki Reelsni joylab, havolalarini yuborasiz
- Seller natijani tekshiradi va bitimni yakunlaydi
Joriy bosqich 48 soat o'zgarmasa mas'ul tomonga eslatma, kutayotgan tomonga esa holat xabari keladi. Sabab bo'lsa bitim chatida yozing.
6. Pullik reklama va qo'shimcha to'lov
Agar admin sizga pullik reklama funksiyasini yoqsa, «Qo'shimcha to'lov» bo'limi paydo bo'ladi.
U yerda o'z narxingizni belgilang va «Kartalarim»da kamida bitta faol kartani oldindan saqlang. Seller faqat bitim talab qilganda shu kartaga pul o'tkazadi.
Bitimda seller qo'shimcha to'lov taklif qilsa: taklifni qabul qiling → kartangizni tanlang → seller o'tkazib chek yuklaydi → siz pulni tekshirib «Tasdiqlash» qiling.
Pullik reklama yoqilmagan bo'lsa ham, arzon mahsulotlar uchun seller sizga qo'shimcha to'lov taklif qilishi mumkin.
7. Portfolio, statistika, reyting
Har bir muvaffaqiyatli reklamadan so'ng natijani «Portfolio»ga qo'shing (rasm + qamrov/natija). Portfolio sellerlarga ko'rinadi va yangi takliflar keltiradi.
«Statistika» bo'limida umumiy auditoriya, bitimlar soni, yakunlangan bitimlar va reytingingizni kuzatasiz.
Bitim tugagach seller sizni baholaydi — sifatli ish yuqori reyting va ko'proq takliflar demakdir.
8. Chat va Telegram bot
Kelishmovchilik bo'lsa bitim chatiga yozing — admin ham shu chatda va masalani hal qiladi.
Profil menyusidagi «Telegram'ni ulash» orqali botga ulaning — profil/karta eslatmalari, ariza javoblari va bitim bosqichlari haqida bildirishnoma keladi. Bot chatiga yuborgan rasmingiz ham tanlangan sayt chatiga tushadi.
Foydali
Telegram'ni ulang — yangi mos e'lonlar, ariza javoblari va bitim bosqichlari haqida Telegram'ga bildirishnoma keladi.
Bloger bo'lish