Sotuvchi yo'riqnomasi
Mahsulotingizni bloger orqali reklama qilish uchun 8 qadam.
Pul sarflamasdan reklama
Mahsulotingizni blogerga berasiz, u kontent qiladi. Har bir qadam isbot bilan tasdiqlanadi.
Ro'yxatdan o'ting
«Seller bo'lish» orqali ism, telefon va do'kon ma'lumotlari bilan ro'yxatdan o'ting.
Tarif tanlab, obuna oling
«Tariflar» bo'limidan mos tarifni tanlang, to'lov qiling va chek (screenshot) yuklang. Admin tasdiqlagach obunangiz faollashadi. Holatini «Balans» bo'limida ko'rasiz.
Do'kon qo'shing
«Do'konlarim» → «Do'kon qo'shish». Faoliyat turini tanlang: marketpleys, Instagram do'kon, oflayn savdo nuqtasi yoki xizmat ko'rsatish biznesi. Bir nechta do'kon qo'shishingiz mumkin.
Mahsulot e'loni yarating
Do'kon ichida «E'lon qo'shish». Mahsulot nomi, havola, narx, kalit so'z, TZ (blogerga topshiriq), nechta bloger va minimal talab (obunachi/qamrov) ni kiriting.
Moderatsiyani kuting
E'lon admin tekshiruvidan o'tadi. Tasdiqlangach katalogda «Faol» bo'lib, blogerlarga ko'rinadi. E'lon holatlarini do'kon ichida tablar orqali ko'rasiz.
Arizalarni ko'rib chiqing
Blogerning ommaviy Instagram akkaunti, statistikasi, portfolio va hududini tekshiring. «Qabul qilish» bosilganda bitim darhol yaratiladi.
Bitim bosqichlarini kuzating
Topshirish usulini tanlang → kerakli ma'lumotni bloger beradi → mahsulotni topshirib isbot yuklang → bloger qabul, otziv va kontentni tasdiqlaydi → natijani tekshirib yakunlang.
Yakunlang va baholang
Barcha bosqichlar tugagach bitim yakunlanadi. Blogerni baholang. Muammo bo'lsa bitim chatiga yozing — admin ham shu chatda.
Batafsil yo'riqnoma
Har bir bo'lim bo'yicha to'liq tushuntirish. Kerakli mavzuni bosib oching.
1. Ro'yxatdan o'tish va kirish
«Seller bo'lish» tugmasini bosing. Ism, telefon raqam va parol kiriting. Telefon raqam login sifatida ishlatiladi — uni eslab qoling.
Biznes nomi va savdo kanalini ko'rsating: marketpleys, Instagram, oflayn do'kon yoki xizmat. Keyinchalik profildan yoki do'konlar bo'limidan o'zgartirishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tgach «Kirish» sahifasidan telefon va parol bilan tizimga kiring.
2. Tarif tanlash va to'lov
E'lon berish va arizalarni qabul qilish uchun faol obuna kerak. «Tariflar» bo'limiga o'ting.
Pullik tarif: tarifni tanlang → ko'rsatilgan kartaga to'lov qiling → to'lov chekini (screenshot) yuklang. Admin tekshirib tasdiqlagach obuna avtomatik faollashadi.
Bepul tarif: agar tarif narxi 0 (bepul) bo'lsa, «Bepul faollashtirish» tugmasi orqali darhol, to'lovsiz yoqiladi.
Promokod: chegirma promokodi bo'lsa, to'lov sahifasida kiriting — summa avtomatik kamayadi. Bepul obuna yoki bonus promokodini «Balans» bo'limida faollashtirasiz.
Obuna holati, amal muddati va reklama byudjeti (qamrov qoldig'i) «Balans» hamda «Kabinet» sahifasida ko'rinadi. To'lovlar tarixi — «To'lovlar tarixi» bo'limida.
3. Do'kon va mahsulot e'loni
«Do'konlarim» → «Do'kon qo'shish». Bir nechta do'kon ochishingiz mumkin. Har bir e'lon aynan bitta do'konga tegishli bo'ladi.
Do'kon ichida «E'lon qo'shish» orqali mahsulot joylang. Maydonlar:
- Mahsulot yoki xizmat nomi va ishlaydigan mahsulot havolasi
- Narx (so'm) va mahsulot rasmi
- Kalit so'z — bloger qidiruvda topishi uchun
- TZ — blogerga aniq topshiriq (nima qilishi kerak)
- Nechta bloger kerak va minimal talab (obunachi / qamrov)
E'lon avval moderatsiyaga tushadi. Admin tasdiqlagach «Faol» bo'lib katalogda ko'rinadi. E'lon holatlarini (Faol, Noaktiv, Yakunlangan...) do'kon ichidagi tablar orqali ajratib ko'rasiz.
Tahrirlangan e'lon qayta moderatsiyaga yuboriladi.
4. Blogerni o'zingiz tanlash
Arizani kutmasdan, «Blogerlar» bo'limidan tasdiqlangan blogerlarni ko'rib chiqing — portfolio, auditoriya, reyting va barter/pullik belgisi bo'yicha.
Mos blogerga «Taklif qilish» → aktiv e'loningizni tanlang → taklif yuboring. Bloger qabul qilsa bitim boshlanadi.
5. Arizalar va bitim jarayoni
Blogerlar e'loningizga ariza yuboradi. Ommaviy biznes Instagram havolasi, profil, statistika, portfolio va hududini ko'rib, «Qabul qilish» yoki «Rad etish» qiling.
Qabul qilingach bitim yaratiladi. Mahsulotni karta orqali buyurtma qildirish, olib ketish punktiga yuborish yoki manzilga yetkazishni tanlaysiz. Keyin bosqichlar quyidagicha:
- Bloger tanlangan usul uchun karta yoki yetkazish ma'lumotini beradi
- Siz mahsulotni topshirib, chek yoki jo'natma isbotini yuklaysiz
- Bloger qabulni tasdiqlaydi va otziv bosqichini bajaradi
- Bloger so'ralgan kontentni joylab, havolalarini yuboradi
- Siz havolalarni tekshirib, bitimni yakunlaysiz va baholaysiz
Joriy bosqich 48 soat cho'zilsa mas'ul tomonga eslatma, ikkinchi tomonga holat xabari yuboriladi. Yetkazish kechiksa yoki boshqa sabab bo'lsa chatda yozib qoldiring.
Bitim va uning barcha bosqichlari do'kon ichida hamda «Bitimlarim» bo'limida ko'rinadi.
6. Qo'shimcha to'lov (ixtiyoriy)
Barterdan tashqari blogerga pul to'lamoqchi bo'lsangiz, bitim sahifasidagi «Qo'shimcha to'lov» bo'limidan summa taklif qiling.
Pullik bloger uchun kamida uning belgilagan narxini taklif qilasiz (ko'proq mumkin). Arzon mahsulot uchun istalgan blogerga ham taklif berish mumkin.
Bloger taklifni qabul qilib kartasini ko'rsatadi → siz o'sha kartaga o'tkazib chekni yuklaysiz → bloger pulni olib tasdiqlaydi. Barcha qadamlar bitim sahifasida ko'rinadi.
7. Yakunlash, baholash, chat
Barcha bosqichlar tugagach bitimni «Yakunlash» tugmasi bilan yopasiz va blogerni baholaysiz (yulduzlar + izoh).
Kelishmovchilik bo'lsa bitim chatiga yozing — admin ko'rib, adolatli qaror chiqaradi.
8. Telegram bot
Profil menyusidan «Telegram'ni ulash» orqali akkauntingizni botga bog'lang. Shundan so'ng yangi ariza, kechikayotgan bitim bosqichi va to'lov haqida bildirishnomalar Telegram'ga keladi.
Botdan turib ham arizalarni qabul qilish va bitimlarni boshqarish mumkin — sayt ochiq bo'lmasa ham ishlaydi.
Foydali
Telegram'ni ulang — arizalar, bitim bosqichlari va to'lov haqida bildirishnomalar Telegram'ga keladi va botdan ham boshqarishingiz mumkin.
Seller bo'lish