Instagram · TikTok · Telegram blogerlari uchun

Yoqqan mahsulotni bepul oling

Katalogdan o'zingizga mos tovarni tanlaysiz, seller uni sizga yuboradi. Siz stories yoki reels qilasiz — tovar sizda qoladi. Ba'zi bitimlarda ustiga qo'shimcha to'lov ham bo'ladi.

Tovar sizda qoladi Ba'zan qo'shimcha to'lov Portfolio va reyting

Bloger nima yutadi?

Tovarni bepul

Kiyim, texnika, kosmetika, uy jihozlari — katalog to'ladi. Faqat o'zingizga va auditoriyangizga mos keladiganini tanlang.

Qo'shimcha to'lov

Narxi past tovarlarda seller ustiga pul qo'shishi mumkin. Pullik reklama qiladigan blogerlar o'z narxini profilida belgilab qo'yadi.

Reyting va portfolio

Har bir yakunlangan bitim reytingingizni oshiradi. Ishlaringiz portfolioda to'planadi — sellerlar sizni shu orqali tanlaydi.

Sellerlar o'zi taklif qiladi

Profilingiz tasdiqlangach blogerlar katalogiga tushasiz. Sellerlar sizga to'g'ridan-to'g'ri taklif yuborishi mumkin — ariza kutib o'tirmaysiz.

BarterTop.uz raqamlarda

26_ Ro'yxatdan o'tgan seller
10_ Yakunlangan bitim
62_ Tasdiqlangan bloger
5 267 576_ Reklama qamrovi

Siz uchun jarayon

01

Profilni to'ldiring

Obunachi soni va qamrov statistikangiz screenshotini yuklaysiz. Admin tekshirib tasdiqlaydi.

02

Tovar tanlang

Katalogdan mos e'lonni topib ariza qoldirasiz. Seller sizni tanlasa bitim ochiladi.

03

Tovarni qabul qiling

Seller tovarni yuboradi yoki pulini kartangizga o'tkazadi. Qabul qilganingizni tasdiqlaysiz.

04

Kontent joylang

Stories, post yoki reels joylab havolasini yuborasiz. Seller tasdiqlagach bitim yakunlanadi.

Tariflar

Tarifsiz ham to'liq ishlaysiz — tarif esa daraja, tavsiyalar va qo'shimcha imkoniyatlar ochadi.

Creator Pro

67 990 so'm / 30 kun
  • Bronze/Silver/Gold/Diamond darajasi
  • Sellerlarga tavsiyalarda chiqasiz
  • Alohida (rangli) profil dizayni
  • Qo'shimcha to'lov (pullik reklama) imkoniyati
  • Qo'shimcha xizmatlar sotish imkoniyati
Barcha tariflar

Qabul qilish shartlari

  • Faol Instagram, TikTok yoki Telegram kanali — obunachi soni chegaralanmagan, lekin statistikangiz haqiqiy bo'lishi kerak.
  • Ro'yxatdan o'tishda statistika screenshoti — admin qamrov raqamlarini shu orqali tekshiradi.
  • Kelishilgan muddatda kontent joylash. Muddat bitim ichida ko'rinib turadi, eslatma keladi.
  • Bitimni platforma ichida yakunlash — tovarni olib g'oyib bo'lish hisobni bloklanishiga olib keladi.

Eng faol blogerlar

Eng ko'p bitimni yakunlaganlar. Siz ham shu ro'yxatga chiqishingiz mumkin.

Şahlo @shahlo.mom 2 0.0 1 688
Nazarova Nozima @Nozima1_live 1 5.0 13 200
Kamola @kamola.s_vlog 1 5.0 5 487
4 Feruza @feruza_twinss_mom 1 5.0 20 700
5 Guli @gulina__life 1 5.0 15 700

Blogerlar ko'p so'raydi

Nechta obunachi kerak?

Qat'iy chegara yo'q. Har bir e'londa seller o'z talabini yozadi — kimdir 1000 obunachidan boshlaydi, kimdir kattaroq qamrov qidiradi. Sizga mos e'lonlar katalogda ko'rinadi.

Tovar uchun pul to'lashim kerakmi?

Yo'q. Yo seller tovarni sizga yuboradi, yo mahsulot pulini kartangizga oldindan o'tkazadi va siz marketpleysdan xarid qilasiz. O'z pulingizdan sarflamaysiz.

Tovar yoqmasa, qaytarsam bo'ladimi?

Ariza qoldirishdan oldin e'londagi shartlarni o'qing. Bitim boshlangach to'xtatish kerak bo'lsa — chatda sellerga yozing yoki nizo oching, admin ko'rib chiqadi.

Qo'shimcha to'lovni qanday olaman?

Kartangizni profilingizga qo'shasiz. Seller summani taklif qiladi, siz qabul qilib kartani tanlaysiz, u pul o'tkazib chekni yuklaydi — siz tasdiqlaysiz.

Birinchi tovaringiz bir hafta ichida