BLOGER UCHUN

Hisob yarating

Barter mahsulotlar Qo'shimcha to'lov Portfolio va reyting
1 Asosiy ma'lumotlar
Ism-familiyangiz
Masalan: +998901234567
@ belgisisiz, masalan: username — siz bilan bog'lanish uchun kerak
Kamida 6 ta belgi
Parolni qayta yozing
2 Blog ma'lumotlari
Qaysi platformada reklama qilasiz
@ belgisisiz, faqat username — profil havolasi shundan avtomatik yasaladi
Ommaviy oferta shartlarini o'qish

1Umumiy qoidalar

BarterTop.uz — marketpleys, Instagram, boshqa onlayn kanallar hamda oflayn savdo va xizmat ko'rsatish bizneslarini blogerlar bilan bog'laydigan reklama platformasi. Hamkorlik barter yoki kelishilgan haq asosida tashkil qilinadi. Saytda ro'yxatdan o'tish orqali foydalanuvchi ushbu shartlarga to'liq rozilik bildiradi.

2Bitim muddati

Har bir bitim (barter yoki pullik hamkorlik) saytda ko'rsatilgan navbat bo'yicha amalga oshiriladi: mahsulotni topshirish usuli va ma'lumotlari, topshirish isboti, qabul tasdig'i, zarur bo'lsa otziv, kontent havolalari va sellerning yakuniy tasdig'i. Xizmat bitimida mahsulot topshirish bosqichi o'rniga xizmatdan foydalanish isboti qo'llanadi.

Joriy bosqich 48 soat davomida o'zgarmasa tizim mas'ul tomonga eslatma, kutayotgan tomonga holat xabari yuborishi mumkin. Bu xabar majburiyatni yoki bitimning umumiy muddatini bekor qilmaydi. Bitim ochilgandan so'ng, tomonlardan biri sababsiz ravishda bitimni 14 (o'n to'rt) kundan ortiq muddatga cho'zsa yoki o'z bosqichini bajarmasa:

  • Administratsiya bitim holatini ko'rib chiqadi va bitimni bekor qilishi mumkin;
  • Aybdor tomon tomonidan amalga oshirilgan to'lovlar (agar mavjud bo'lsa) qaytarilmasligi mumkin;
  • Aybdor tomonning akkaunti vaqtincha yoki butunlay bloklanishi mumkin.

Muddat cho'zilishiga obyektiv sabab bo'lsa (masalan, yetkazib berish kechikishi), buni bitim chatida boshqa tomonga va admin bilan aloqada tushuntirish tavsiya etiladi — bunday holatlar alohida ko'rib chiqiladi.

Bundan tashqari, bitim bosqichida navbat sizda bo'lganda 48 soatdan ortiq javob berilmasa, bu holat sizning ishonchlilik reytingingizga salbiy ta'sir qiladi — bitim yakunida bekor qilinmagan taqdirda ham.

3Foydalanuvchi majburiyatlari

  • Ro'yxatdan o'tishda haqiqiy va to'g'ri ma'lumot berish;
  • Bloger ommaviy biznes akkaunti havolasi, hududi va auditoriya statistikasini dolzarb saqlashi;
  • To'lov qabul qiladigan bloger karta rekvizitlarini to'g'ri kiritishi va o'zgarsa yangilashi;
  • Bitim doirasida olingan mahsulot yoki to'lov bo'yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish;
  • Boshqa foydalanuvchilarga nisbatan xushmuomala va halol bo'lish;
  • Sun'iy (soxta) ariza, bitim yoki sharh (otziv) yaratmaslik;
  • Platforma orqali topilgan seller/bloger bilan platformadan tashqarida, administratsiya ishtirokisiz to'g'ridan-to'g'ri bitim yoki hamkorlik tuzmaslik.

4Akkauntni bloklash

Quyidagi holatlarda foydalanuvchi akkaunti administratsiya tomonidan bloklanishi mumkin:

  • Bitimni sun'iy ravishda cho'zish yoki bajarmaslik (14 kundan ortiq);
  • Soxta ma'lumot yoki soxta isbot (screenshot) taqdim etish;
  • To'lov majburiyatidan bo'yin tovlash;
  • Platforma orqali topilgan hamkor bilan platformadan tashqarida, bizning ishtirokimizsiz aloqa o'rnatib, bitim/hamkorlik tuzish;
  • Platforma qoidalarini muntazam buzish.

5To'lovlar

Tarif to'lovlari (kartaga o'tkazma yoki Click orqali) qaytarilmaydi, bundan mustasno — texnik xato tufayli xizmat ko'rsatilmagan holatlar, bu holda admin bilan bog'lanish orqali masala ko'rib chiqiladi.

Blogerning saqlangan kartasi mahsulot qiymati yoki kelishilgan qo'shimcha to'lovni qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. Rekvizitlar faqat tegishli bitimda to'lov qilishi kerak bo'lgan tomonga va administratsiyaga ko'rsatiladi. To'lovchi ism, karta va summani tekshirmasdan pul o'tkazmasligi, qabul qiluvchi esa pul amalda kelmasdan tasdiqlamasligi kerak.

6Nizolarni hal qilish

Tomonlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar avvalo bitim chatida hal qilinishi kerak. Chek, jo'natma, qabul rasmi va kontent havolalari tegishli bosqichga yuklanishi lozim. Kelishuvga erishilmasa, admin saytda saqlangan yozishmalar va isbotlar asosida masalani ko'rib chiqadi — administratsiyaning qarori yakuniy hisoblanadi.

7Maxfiylik va aloqa

Seller va blogerning shaxsiy telefon raqami, shaxsiy Telegram akkaunti hamda boshqa yopiq aloqa ma'lumotlari oddiy foydalanuvchilarga ko'rsatilmaydi. Hamkorni baholash uchun blogerning ommaviy biznes akkaunti va sellerning biznes/do'kon ma'lumoti ko'rsatilishi mumkin. Tomonlar bitim bo'yicha muloqot va fayllarni sayt yoki unga ulangan rasmiy bot chatida olib borishi kerak.

8Bildirishnoma va eslatmalar

Sayt va ulangan Telegram bot profilni to'ldirish, karta qo'shish, muddat yaqinlashishi yoki bitim bosqichi kechikishi haqida avtomatik eslatmalar yuborishi mumkin. Texnik sabab bilan xabar kechikishi yoki yetib bormasligi foydalanuvchini bitimni saytda mustaqil kuzatish majburiyatidan ozod qilmaydi.

9Aksept va elektron tasdiq

Foydalanuvchining oferta matnini ochib, rozilik katagini belgilashi va ro'yxatdan o'tishni yakunlashi ushbu shartlarning elektron aksepti hisoblanadi. Saytdagi bosqich tugmalari, yuklangan isbotlar, yuborilgan havolalar va chat xabarlari tegishli amalni kim va qachon bajarganini qayd etuvchi elektron ma'lumot sifatida saqlanishi mumkin.

10Shartlarning o'zgarishi

Administratsiya ushbu shartlarni istalgan vaqtda yangilashi mumkin. Yangilangan shartlar saytda joylangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Katakchani belgilash uchun avval yuqoridagi shartlarni oching.

Obunachilar soni, kategoriyalar va statistika skrinshotini profilingizda to'ldirasiz — admin shundan keyin tasdiqlaydi.