Mahsulot yoki xizmatingizni blogerlar orqali taniting
Mahsulot yoki xizmatingizni bloger auditoriyasiga tanitasiz. Instagram sahifangiz, onlayn do'koningiz yoki oflayn savdo nuqtangizga yangi mijozlar keladi — hamkorlik barter yoki kelishilgan haq asosida bo'ladi.
Seller nima yutadi?
Yangi mijozlar oqimi
Bloger sizning mahsulot, xizmat, sahifa yoki savdo nuqtangizni o'z auditoriyasiga tavsiya qiladi. Reklama onlayn ham, oflayn ham ishlaydi.
Ishonchli tavsiya
Bloger mahsulot yoki xizmatni sinab, o'z tajribasini tabiiy kontent orqali ulashadi. Auditoriya brendingizni haqiqiy tavsiya orqali taniydi.
Tayyor kontent
Stories, post yoki reels — blogerning o'z uslubida. Havolasini olasiz, o'z sahifangizda ham ishlatishingiz mumkin.
Byudjet nazoratda
Tarif sizga qamrov byudjeti beradi. Bloger arizasini qabul qilganingizda uning qamrovi shu byudjetdan yechiladi — ortiqcha sarf yo'q.
BarterTop.uz raqamlarda
Siz uchun jarayon
Tarif oling
Bepul tarif bilan sinab ko'ring yoki qamrov byudjetiga qarab to'lovli tarifni tanlang.
E'lon joylang
Mahsulot, shart va bloger talablarini yozasiz. Admin tekshirgach e'lon katalogga chiqadi.
Blogerni tanlang
Kelgan arizalardan mosini qabul qilasiz yoki katalogdan blogerga o'zingiz taklif yuborasiz.
Natijani oling
Har bosqich screenshot bilan tasdiqlanadi. Oxirida kontent havolasi va otziv sizda bo'ladi.
Tariflar
Har bir tarif reklama qamrovi byudjetini beradi. Byudjet tugaguncha bitim qilaverasiz.
Super 20
- Cheksiz qamrov byudjeti
- 15 ta aktiv e'lon
Cosmo 30
- Cheksiz qamrov byudjeti
- 50 ta aktiv e'lon
Pro Seller 45
- Cheksiz qamrov byudjeti
- Cheksiz aktiv e'lon
Sellerlar ko'p so'raydi
Mahsulotni blogerga qanday yetkazaman?
Ikki yo'l bor: tovarni bloger aytgan manzilga yuborasiz, yoki mahsulot pulini uning kartasiga o'tkazasiz va u marketpleysdan o'zi xarid qiladi. Ikkinchisi marketpleys reytingi uchun foydaliroq.
Bloger tovarni olib, kontent qilmasa-chi?
Har bosqich screenshot bilan tasdiqlanadi va bitim bo'ylab checklist yuritiladi. Bloger to'xtab qolsa, bitim chatida nizo ochasiz — admin aralashadi.
Blogerlar tekshirilganmi?
Ha. Har bir bloger statistika screenshoti bilan ro'yxatdan o'tadi va admin tasdiqlagachgina e'lonlarga ariza qoldira oladi.
Qo'shimcha pul to'lashim kerakmi?
Shart emas. Asosiy model — barter. Ba'zi blogerlar qo'shimcha to'lov so'raydi, buni bitim ichida alohida kelishasiz — majburiy emas.





